www.biodiversity.vision

Bizning bioxilma-xillikka bo’lgan munosabatimiz aniq:

biologik xilma-xillikni ta'minlash

(Ko'proq o'qing ...)

Biz hukumatdan bioxilma-xillikni saqlash uchun ko’plab ishlar qilinishini talab qilamiz. Pastliklardan balandlikka va janubdan shimolga tomon turlarning migratsiyasini osonlashtirish uchun yashil yo’laklar yaratish maqsadida foydalanish uchun yerlarni ajratish yoki sotib olish, turli organizmlarning yashovchanligini ta’minlash imkonini beradi. Bioxilma-xillikni himoya qilish va yahshilash, ya’ni nafaqat yashash hududlari balki alohida turlarni ham o’z ichiga qamrab oluvchi ko’plab kichik va yirik hajmli loyihalarni amalga oshirishimiz lozim.

Ilmiy asoslarning ilgari surilishi va tarqalishi

(Ko'proq o'qing ...)

Biz hali hanuz hech bir fan yo’nalishida bioxilma-xillikni saqlash uchun yetarlicha ishlar amalga oshirilmoqda degan fikrda bo’lgan birorta ham olimni uchratmadik. Garchi bu sohaga qaratilgan juda ko’plab loyihalar mavjud bo’lsa ham, olimlarning ta’kidlashicha qilinayotgan ishlar juda kam bo’lib qolmoqda. Biroq keng jamoatchilik afsuski haligacha bu muammo bizning sayyoramiz uchun qanchalik xavf tug’dirayotganini anglayotgani yo’q. Buning natijasida bioxilma xillikni saqlash ishariga siyosiy yetakchilarning e’tiborini qaratishlari uchun bosim kamligicha qolmoqda.

BIzning vazifamiz uchta qismdan iborat:

  • Bioxilma-xillikni saqlash va qayta tiklash yuzasidan yetarlicha ish qilinmayotganini ta’kidlayotgan, ammo buning uchun o’zlari ham astoydil harakat qilmayotgan olimlarni birlashtirish.

  • Siyosatchilarni bioxilma-xillik masalasini kompaniyalar darajasiga ko’taradigan muammoga olib chiqishga chaqirish.

  • Keng jamoatchilikni bu muammoning dolzarbligini anglab yetishi va hukumat vakillaridan amaliy ishlar qilinishini talab qilishga da’vat qilish. Keng ommaviy yondashuv.

Keng jamoatchilik va ilm ahli ya’ni olimlarning talablari asosida siyosat vakillari o’zlarining siyosiy maydondagi egallagan mavqelaridan qat’iy nazar bioxilma-xillik muammosiga jiddiy yondashishlari lozim. Bu esa o’z navbatida jiddiy chora tadbirlar ko’rilishiga va oqibatda yer yuzidagi ekosistemani saqlab qolinishiga olib keladi.

Male Silverback Western Lowland gorilla, (Gorilla gorilla gorilla) close-up portrait with vivid details of face, eyes.

Keng ko’lamli chora tadbirlarning rivojlanishi:

(Ko'proq o'qing ...)

Bioxilma-xillikka bo’lgan qarashlar hukumatni bioxilma-xillikni saqlash va yahshilashga qaratilgan ishlarni moliyalashtirish uchun yetarlicha pul ajratishlari uchun turtki bo’lib xizmat qiladi. Bugungi kunga qadar qilingan ishlar esa juda kam va yetarli emas: hattoki turlarning yo’qolib ketish jarayoni, shu bilan birga yashash hududlarinng qisqarishi tezlashib bormoqda. Suvda ham quruqlikda yashovchi organizmlarning to’rtdan uch qismi yo’qolish xavfi ostida qolmoqda. Hasharotlar populyatsiyalari butun yer yuzi bo’ylab misli ko’rilmagan tezlikda yo’qolib bormoqda. Va buning natijasida oziq zanjirining yuqori pog’onalaridagi organizmlarning ham yo’qolib ketish xavfi yuzaga kelmoqda. Keltirilgan misollar yer yuzida davom etayotgan turlarning yo’qolib ketish jarayonidan atigi ikkita misoldir. Bunday turlarning kamayish jarayoni to’xtatilishi lozim. Bizning asosiy maqsadimiz shundan iboratki, butun yer yuzida hukumat o’z Yalpi Ichki Mahsuloti (YaIM) ning 2% miqdorini bioxilma xillikni saqlash va ko’paytirishga ajratishiga erishishdir. Biz kelajak avlod uchun Yer yuzidagi bioxilma xillikni saqlashga majburmiz. Bu favqulotda muhimdir, chunki tabiat va bioxilma-xillik eng avvalo bizning hayotimiz uchun zarurdir. Bundan tashqari mavjud barcha turlar va ularning yashash muhiti bo’lgan go’zal joylarsiz hayot ham zerikarli va g’amgin tus oladi.

Qo'shimcha matnni ko'rsatish yoki yashirish uchun o'ngdagi yuqoridagi ˅ ˄ ko'rsatkichlarini bosing ⬆️

Bizning havolamizni hamma bilan baham ko'ring www.biodiversity.vision

Keyingi sahifani ko'rish uchun yashil o'qni bosing: